“National Geographic” jurnali 2024-yilning dunyo miqyosida eng yaxshi fotosuratlarini taqdim etdi. Unda 2,3 million surat orasidan saralab olingan eng yaxshi 20 ta fotoni koʻrish mumkin.

50 futlik muz qoyadan ilk marta suzish uchun sakrayotgan pingvin.

Antarktida, Atka koʻrfazi. Fotograf Berti Gregori

Nikoh marosimidan keyin Shimoliy Amerika boʻylab Meksikadan Kanadagacha kuzatilgan moʻjiza – Quyosh tutilishi hodisasini kuzatayotgan yuzlab juftlikardan biri va ularning farzandi.

AQSH, Arkanzas shtati. Fotograf Aaron Huey

Kapalaklar bilan oziqlanish uchun uchib kelayotgan koʻrshapalaklar.

AQSH, Texas shtati. Fotograf Babak Tafreshi

Sunʼiy urugʻlantirish yoʻli bilan homilador qilingan karkidonning 70 kunlik homilasi olim qoʻlida.

Afrika, Keniya. Fotograf Ami Vitale

Oilasini taʼminlash uchun atrofdagi dalalarga kunlik ishchi sifatida chiqqan opa-singillar. Ular 90-yillarda yuz bergan portlash vaqtida uyida ovqat tayyorlayotgan edi. Islom diniga eʼtiqod qilganlari uchun suratga yuzlarini roʻmol bilan yashirib tushishni maʼqul koʻrganlar.

Hindiston, Chacha. Fotograf Chinki Shukla

Qazilma yoqilgʻilar oʻrnini egallay oladigan quyosh nuri, suv va karbonat angidriddan tayyorlangan quyosh sintetik suyuqligi. Undan yuk mashinalari, kema va samolyotlarni qayta jihozlamasdan harakatga keltirishda foydalanish mumkin. Shveysariyaning Synhelion kompaniyasi ushbu energiya muqobilini ishlab chiqaradigan birinchi zavodini ishga tushirgan.

Germaniya, Yulix. Fotograf Davide Monteleone

13-17-yil davomida yer ostida yashab, koʻpayish uchungina yer yuziga chiqadigan davriy chigirtkalar. Ular sherigini juftlashish uchun havoni titragan ovozi bilan toʻldirib chaqiradi.