Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi oʻrtasida “Yosh ijodkorlar sahnasi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlarni sahna asarlarida ifoda etish, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ijodiy loyihalarni kengaytirish, teatr sanʼati orqali aholi, ayniqsa yoshlar qalbida milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan asarlarni yaratishni koʻzda tutadi.
Hamkorlikda yaratilgan sahna asarlari mamlakatimiz Mustaqilligining shonli 35 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan "Maʼnaviyat festivali" doirasida hududlar boʻylab namoyish etiladi.