Bobur Islomov Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Bobur Islomov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimda u 2023-yilning iyul oyidan buyon ishlab kelayotgan Dilmurod Ergashev oʻrnini egalladi.
Bobur Husnidinovich Islomov 1981-yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tugʻilgan. U 2003-yilda Navoiy davlat konchilik institutini, 2005-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2012-yilda esa Oliy biznes maktabini tamomlagan.