Navoiy viloyatida hududiy targʻibotchilar uchun “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminar boʻlib oʻtdi
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik gʻoya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda manzilli targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.
Navoiy viloyati targʻibotchilaridan 40 nafari saralab olindi. Ular mahallalar, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida manzilli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda ochiq muloqotlarni tashkil etishga jalb etilishi belgilab olindi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram