ZOOM platformasi orqali AQSH, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻizistonda istiqomat qiladigan vatndoshlar  uchun “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori Shaxlo Axrorova ishtirokida “Navroʻz qadriyati va uning milliy-maʼnaviy mohiyati” mavzusida onlayn suhbat tashkil etildi.

 Spiker Shaxlo Axrorova mavzu doirasida milliy anʼana va qadriyatlarning tarixiy-madaniy ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Xususan, Navroʻz bayramining insonlar oʻrtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashdagi oʻrni alohida taʼkidlandi.

 Suhbat davomida ishtirokchilarga Navroʻz xalqimizning boy maʼnaviy merosini oʻzida aks ettiruvchi muhim bayram ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ular muloqot davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, erkin fikr almashdilar.

Mazkur onlayn uchrashuv Vatandoshlar jamoat fondi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.