Kechqurun gʻalati tush koʻrasiz. Ertasi kuni esa doʻstingiz ham oldin shunga yaqin tush koʻrganini aytadi. Yoki ertak va afsonalarda deyarli bir xil obrazlarni uchratasiz: yovuzlikka qarshi kurashuvchi bahodir, donolik ulashuvchi nuroniy chol yoxud mehr-shafqatli ona obrazi deyarli har bir xalqning rivoyatlarida uchraydi. Bular oddiy tasodifmi?

Shveysariyalik ruhshunos Karl Yung (1875–1961)  bu savollarga javob izlab, muhim nazariyaga keldi: biz hammamiz ong ostimizda bir xil “arxetiplar” – ming yillik tajriba va hikoyalardan shakllangan umumiy andozalarni olib yuramiz. Ularning izi tushlarimizda, hislarimizda va hikoyalarimizda aks etadi.

Yungning taʼkidlashicha, barchamiz bir xil “ichki dastur”ga egamiz. Ruhshunoslik olamini butunlay oʻzgartirib yuborgan ushbu kashfiyot bugun ham keng qoʻllanilmoqda. Mazkur maqolada shu “dastur”ning asosiy “poydevorlari” va ahamiyati haqida gaplashamiz.

Arxetip deganda nimani tushunish kerak?