Nilufar Allabergenova Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Allabergenova mazkur tayinlovga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Maʼlumot uchun, Nilufar Allabergenova 1971-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida prokuror oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Nilufar Allabergenova 2019-yildan hokim etib tayinlanguncha Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.