Kanadalik yozuvchi Enn Karson 2026-yilgi Nobel mukofotining adabiyot yoʻnalishidagi gʻolibi boʻldi.

Mukofot yozuvchiga zamonaviy adabiyotning klassik anʼanalar bilan uygʻunlashtirilgan va yangi shakllarini yaratgan jasoratli ijodi uchun taqdim etildi.

76 yoshli Enn Karson butun faoliyati davomida sheʼr yozish bilan birga, universitetlarda dars berib, tarjima ishlari bilan ham shugʻullangan. Yozuvchi barcha asarlari uchun soʻzlar etimologiyasini boshlangʻich nuqta sifatida belgilaydi.

Maʼlumot uchun, 2026-yil Nobel mukofoti taʼsis etilganiga 125 yil toʻldi. Mukofotning bu yilgi pul miqdori 12 mln shved kronasi (qariyb 1,2 million dollar)ni takil etadi.

Avvalroq Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot hamda fizika yoʻnalishlari boʻyicha sovrindorlari haqida xabar berilgan, oʻzbekistonlik yozuvchi Hamid Isroilov mukofotning ehtimoliy nomzodlari roʻyxatidan joy olgani haqida maʼlum qilingan edi.