Nukusda Mustaqillik shukuhi — katta gala-konsert
🇺🇿Nukus shahrida Vatanimiz Mustaqilligining 35 yillik shukuhi o‘ziga xos tantana va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etmoqda. Bayram tadbirlari doirasida Do‘stlik kanali bo‘yida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida tashkil etilgan bayram oqshomi san’atkorlar, xonandalar, madaniyat sohasi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilikni bir maydonga jamladi.
“Xalıqlar doslıǵı” MFY hududida o‘tkazilgan gala-konsertda qariyb 2 ming nafar tomoshabin ishtirok etdi. Bayram dasturidan dilbar kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, ta’sirchan sahna chiqishlari va rang-barang badiiy kompozitsiyalar o‘rin oldi.
Mustaqillik bayrami shukuhi, el-yurt birdamligi va ezgu orzular mujassam bo‘lgan ushbu tantana Nukusda unutilmas bayram oqshomiga aylandi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram