NUTQ ODOBI – nutqiy muloqot qoidalari, tamoyillari va shakllarining yig‘indisi, muomala madaniyati sinonimi, ijtimoiy faoliyat sohalari bilan bog‘liq madaniy me’yorlar majmui.
Nutq odobining madaniy me’yorlari minnatdorchilik, tilak bildirish, kechirim so‘rash, iltimos qilish, taklif qilish, maslahat berish. Ishga aloqador suhbatning mazmuni, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishdan tashqari, yupatish, hamdardlik bildirish, shuningdek, mulozamat, qo‘llab-quvvatlash, qo‘shilmaslik usullarini ham odob doirasida ifoda etish va bayon qilish muhim o‘rin tutadi.