🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston va Turkiya: adabiyot orqali do‘stlik va ma’rifat ko‘prigi mustahkamlanmoqda

Turkiya Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi adabiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

“Bir ildiz, bir ma’rifat: O‘zbekiston — Turkiya do‘stlik ko‘prigi” xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan tadbirda ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, mushtarak qadriyatlarni adabiyot va ijod orqali yosh avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi. Unda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, olimlar va ziyolilar ishtirok etdi.

Muloqotda, avvalo, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirish va bu qadriyatlarni ijod orqali kelajak avlodga yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanishgan O‘zbekiston” asari taqdimot qilindi.

Anjumanda madaniyatda milliy ruh, tarixiy xotira, madaniy mushtaraklik, ma’rifat va ta’limning ikki xalqni yaqinlashtirishdagi o‘rni, shuningdek, adabiyot va san’atning madaniy muloqotdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram