Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Ushbu vazifalarning har bir soha, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish va inson qadrini ulug‘lash borasidagi islohotlar bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlandi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram