Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon oʻgʻli Fozilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Administratsiya rahbarining farmoyishlari bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Xushnud Gʻayratovich Xudayberdiyev esa mazkur departament boshligʻi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Administratsiya rahbarining farmoyishiga asosan Farruh Farxodjonovich Omonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi.