Prezident farmoni bilan Mustaqillik bayrami arafasida 852 kishi afv etildi
Ularning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi.
Shuningdek, 52 nafar shaxsga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, 81 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida yetti nafar chet el fuqarosi va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs bor.
Shuningdek, afv etilganlarning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar va 37 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklardir.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram