Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda davlatimiz rahbari yigʻilganlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar oʻzining koʻlami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr boʻldi, desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi,

– dedi Prezident.

Ushbu oʻzgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-roʻz yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga taʼlim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon boʻlishini qayd etdi.

Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi gʻoya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida toʻxtaldi.