Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy gʻalaba bilan yana bir bor tabrikladi.
– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun Oʻzbekiston xalqiga muborak boʻlsin!
– dedi Prezidentimiz.
Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi boʻlmagani taʼkidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar va amaldagi chempionlar jam boʻldi.
– Shunday ulkan raqobat ichida Oʻzbekiston bayrogʻini eng balandga koʻtarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,
– dedi davlatimiz rahbari.
Gʻalabaga oʻz yurtimizda, xalqimiz koʻz oʻngida erishilgani unga alohida maʼno bagʻishladi. Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleekran va internet orqali esa millionlab vatandoshlarimiz oʻyinlarni kuzatdi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram