Qoraqalpogʻistonda “Maʼnaviyat festivali” Amudaryo koʻprigidan boshlandi
Qoraqalpogʻistondagi tadbir Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilib, joriy yilning 29-fevral kuni foydalanishga topshirilgan Amudaryo koʻprigidan boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkillashtirgan “Maʼnaviyat festivali” shu yerdan start oldi.
Koʻprik ramziy maʼnoga ham ega: u sohilni sohil bilan, tilni dil bilan bogʻlaydigan vosita sifatida alohida oʻringa ega, deydi professor, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Rahimboy Jumaniyozov.