Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminarlari oʻtkazilmoqda.

Unda ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilib,mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, birlik va hamjihatlikning ahamiyati hamda kelgusidagi muhim vazifalar haqida fikr almashilmoqda.

Seminar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Loyiha doirasida tadbirlar joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida oʻtkaziladi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram