Qishki taʼtil uzaytirilgani munosabati bilan OʻzJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja hamma oʻqishi kerak deb bilgan kitoblar roʻyxatini eʼlon qildi va talabalarni boʻsh vaqtdan toʻgʻri foydalanishga chaqirdi. Roʻyxatga oʻzbek va jahon adabiyotining durdona asarlari, soha boʻyicha qoʻllanma va motivatsion kitoblar ham kiritilgan. Xabarda aytilishicha, kitobxon talabalar universitet tomonidan ragʻbatlantirilishi rejalashtirilgan.

Milliy adabiyotimizdan:

• Abdulla Qodiriy – “Oʻtgan kunlar”;

• Togʻay Murod – “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Otamdan qolgan dalalar”;

• Odil Yoqubov – “Koʻhna dunyo”;

• Pirimqul Qodirov – “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”;

• Gʻafur Gʻulom – “Shum bola”;

• Murod Muhammad Doʻst – “Lolazor”;

• Abduqayum Yoʻldosh – “Puankare”.

Jahon adabiyotidan:

• Fyodor Dostoevskiy – “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”;

• Erix Mariya Remark – “Uch ogʻayni”;

• Gabriel Garsia Markes – “Yolgʻizlikning yuz yili”, “Oshqora qotillik qissasi”;

• Mixail Bulgakov – “Usta va Margarita”, “Ityurak”;

• Nodar Dumbadze – “Abadiyat qonuni”, “Hellados”;

• Alber Kamyu – “Begona”, “Vabo”;

• Frans Kafka – “Jarayon”, “Evrilish”;

• Mark Tven – Sarguzasht asarlari;

• Den Braun – “Raqamli qalʼa”;

• Jorj Oruell – “Molxona”, “1984”.

Tavsiya etamiz: Yozuvchi Javlon Jovliyevdan 5 kitob tavsiyasi Yoshlar mutolaasi: Tarjimon Mirzohid Muzaffardan 5 kitob tavsiyasi