🔻🔻🔻🔻🔻

📚Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

📚O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti

🇺🇿 “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 

hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda

🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 22-avgust kuni “Ma’naviy islohotlarning yangi bosqichida targ‘ibot ishlarining ilmiy-metodik muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyada Yangi O‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy meros va ma’rifatparvarlik an’analarini targ‘ib etish va uni kelgusi avlodlarga yetkazish yuzasidan ilmiy ma’ruzalar va amaliy takliflar muhokama qilinadi.

Konferensiya materiallari tahrir hay’ati tavsiyasiga ko‘ra ilmiy to‘plamning bosma va elektron nashriga kiritiladi.

Maqolalar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,

Samarqand shahri, Universitet xiyoboni - 15

Murojaat uchun telyefonlar:

99 377-94-45,  71 207-57-00

#Mustaqillik35

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram