Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining oʻrinbosari Z.Toʻraqulov Nukus shahrida sayyor qabuli oʻtkazdi.
Sayyor qabul ochiq muloqat formatida oʻtkazilib, Yozuvchilar uyishmasi raisi K.Karimov, QDU hamda NDPI institute professor oʻqutuvchilari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Unda maʼnaviy-maʼrifiy soha masʼullari tomonidan tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, joylarda maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan muammolar boʻyicha fikr va mulohazalar bildirildi. Mutasaddilar tomonidan murojaatlarga tegishli tushuntirish va javoblar berilib, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga joriy etish boʻyicha tavsiyalar bildirildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram