Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdogʻan bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidogʻu” maktabiga bordi

“Ushbu muassasalarning oʻqitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uygʻotdi. Bu yerda taʼlim sifatiga, yoshlarning iqtidorini roʻyobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash koʻnikmasini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan”, – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

Tashrif davomida taʼlim maskanlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab oʻquvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram