Samarqand — jahon shaxmatining markazi
15 sentyabr kuni Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ilk tur bahslari 16 sentyabrda boshlanib, musobaqa 27 sentyabrga qadar davom etadi.
Olimpiada doirasida FIDE Kongressi, shaxmatni taʼlimga integratsiya qilishga bagʻishlangan sammit hamda FIDE Bosh assambleyasi oʻtkaziladi. Shuningdek, FIDEning keyingi toʻrt yillik rahbariyati va 2030 yilgi Shaxmat Olimpiadasi mezboni aniqlanadi.
Shu tariqa, sentyabr oyining ikkinchi yarmida Samarqand jahon shaxmatining asosiy markaziga aylanadi. 🇺🇿
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi taqdim etadi.