«Samarqand oilalari — ma’rifat bilan»
Samarqand shahrida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy hayotga tayyorlash hamda xonadonlarda kitobxonlik muhitini shakllantirishga qaratilgan «Samarqand oilalari — ma’rifat bilan» loyihasi izchil davom etmoqda.
🇺🇿 Samarqand shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi F. Umarov tashabbusiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan nikoh qurish arafasidagi yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilinmoqda.
Loyiha doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi, Samarqand shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Adliya bo‘limi o‘rtasida uch tomonlama Memorandum imzolangan.
Bugungi kunda kitoblar jamlanmalari FHDYO bo‘limlari orqali nikohlanuvchi yoshlarga topshirilmoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram