#sayyor_qabul

Samarqand shahrida Markaz rahbarining birinchi oʻrinbosari Botu Alimov ishtirokida maʼrifat targʻibotchilari bilan uchrashuv va ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, ularning yechimlari hamda faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuvda maʼrifat targʻibotchilarining fikr va takliflari tinglanib, sohada samaradorlikni oshirish masalalari yuzasidan ochiq fikr almashildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram