#seminar
#buxoro
Amaliy mashgʻulotlar orqali jamoaviy muhit mustahkamlanmoqda!
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyati boʻlimida oʻtkazilayotgan "Jamoadagi oʻzaro munosabatlar psixologiyasini oʻrganish" mavzusidagi seminar-trening doirasida psixologlar tomonidan ishtirokchilarning diqqatini jamlash, faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan interfaol oʻyinlar tashkil etildi.
Shuningdek, xodimlarning oʻzini oʻzi tahlil qilishi, shaxsiy ijobiy va salbiy jihatlarini anglab yetishi hamda oʻz ustida ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashqlar bajarildi.
Bunday mashgʻulotlar sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish, samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish va jamoada oʻzaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram