Shavkat Mirziyoyev Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi

Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

“Albatta, oʻzgarishlar oson kechmaydi, kimlardadir eʼtiroz yoki xavotir uygʻotishi ham tabiiy. Lekin, ishoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham berish va tilimizning raqamli makondagi oʻrnini mustahkamlash uchun boshqa yoʻl yoʻq edi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.