Sport vazirligida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot seminari o‘tkazildi
Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezident nutqida belgilangan vazifalarni mazmunan chuqur anglash, ularni keng jamoatchilikka yetkazish hamda sport tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, seminar yakunida O‘zbekiston Davlat sport akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram