Oyina.uz portali özbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida öqişi şart bölgan 10 kitob” tavsiyasini berişda davom etadi. Loyihaning 97-iştirokçisi tarix fanlari böyiça falsafa doktori Bahrom Irzayev.

1.     “Alpomiş” dostoni;

2.      Alişer Navoiy, “Xamsa” dostoni;

3.     Abdulla Qodiriy, “Ötkan kunlar” romani;

4.     Mahmud Koşğariy, “Devoni luğotit-turk” asari;

5.     Imom Abu Homid Ğazzoliy, “Ihyou ulumid-din” (“Din ilmlarini jonlantiriş”) kitobi;

6.     Nizom ul-mulk, “Siyosatnoma” asari;

7.     Alişer Navoiy, “Lison ut-tayr” dostoni;

8.     Z.M.Bobur, “Boburnoma” asari;

9.     Çölpon, “Keça va kunduz” romani;

10.  Javlon Jovliyev, “Qörqma” romani.

Bahrom Irzayev 1977-yil Samarqand viloyatida tuğilgan. 1994—1999-yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. U Turkistonda jadidçilik harakatiga oid bir qança ilmiy izlanişlar olib borgan. 2011-yildan hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bahrom Irzayev 2023-yilda Özbekiston Respublikasi mustaqilligining öttiz ikki yilligi munosabati bilan Döstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Loyihaning sönggi uç soni bilan tegişli havolalar orqali tanişişingiz mumkin:
Kinorejissyor Yusuf Roziqov tavsiyasi
Jurnalist Safarali Qurbonov tavsiyasi

Professor Muqimjon Qirğizboyev tavsiyasi

Oyina.uzni Telegramda öqing