1926-yil 26-fevral – 5-mart kunlari Boku shahridagi Ismoiliya saroyida oʻtkazilgan birinchi turkologiya qurultoyi turkiy xalqlarning integratsiyasi, madaniy va til birligi uchun eng qulay vaziyatni yaratgan. Shubhasiz, bu hodisa bir yarim ming yillik tariximizda, Koʻk Turk xoqonligidan keyin butun Yevrosiyo boʻylab tarqalib ketgan turkiy ellar uchun birinchi imkoniyat edi. Chunki anjuman dunyodagi deyarli barcha turkiy xalqlarning vakillari qatnashgan chinakam katta qurultoy qurultoy boʻlgan. Ammo anjumandan keyin uning ishtirokchilarini katta qirgʻin kutayotganini hech kim bilmasdi... Bu haqda biroz keyin batafsil toʻxtalamiz.