Temuriylar tarixi davlat muzeyida endilikda ekspozitsiyalardagi QR-kodlarni skanerlash orqali sanʼat asarlarining 3D makoniga kirish, ularni turli rakurslarda koʻrish va yaqindan oʻrganish imkoniyati yaratildi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Temuriy shahzodalar sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali “jonlanib”, tashrif buyuruvchilarga tarixiy voqealar va voqeliklarni interaktiv shaklda hikoya qilib beradi.