TOʻMARIS (mil.av. VI asr) – Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qa­dimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil.av. V asr) asarida yozilishicha, ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xoti­ni boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.

        Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmari­sning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massaget­lar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻg‘­lining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaa­tini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrta­da ayovsiz jang boʻlgan.

        Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafei­lotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bili­shimcha, bu jang barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻl­gan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi to­pilgach, malika Toʻmarisning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan”.