Turkiyada 1-noyabrdan boshlab bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi rejalashtirilmoqda. 

Maʼlumot berilishicha, endi 15 yoshdan kichik bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi. 15 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun esa platformalardan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qiluvchi va xavfsizlikni kuchaytiruvchi maxsus rejim joriy etishi talab qilinadi. 

Shuningdek, 15 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun bolalarning qiziqishi va ularning jismoniy, ruhiy hamda ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari hisobga olingan holda alohida xizmat koʻrsatish rejimi koʻzda tutilmoqda. Ushbu rejim doirasida oʻsmirlarning akkauntlari yopiq holda boʻladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar ota-onalarga farzandlarining akkauntlarini nazorat qilishlariga imkon beruvchi vositalarni taqdim etishi kerak boʻladi.