#Uzb35

#Mustaqillik35

#Xalqlar_do‘stligi

Toshkent viloyatida «Do‘stlik» festivali bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Festival doirasida «Mustaqillik marsh yurishi», milliy madaniy markazlar ishtirokidagi konsert dasturlari, ko‘rgazmalar va milliy taomlar taqdimoti tashkil etildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar taqdirlanib, millatlararo totuvlik va birdamlik g‘oyalari yana bir bor ulug‘landi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram