«YANGI OʻZBEKISTON SHUKRONALIGI» — TARAQQIYOT VA YANGILANISH FOTOLARDA

Toshkent shahridagi «Magic City» majmuasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan «Yangi Oʻzbekiston shukronaligi» loyihasi doirasida maxsus maʼrifiy fotokoʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazmada Oʻzbekistonning 35-yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli, yurtimizdagi ulkan oʻzgarishlar, zamonaviy infratuzilmalar, bunyodkorlik ishlari, hududlarning yangilanib borayotgan qiyofasi, boy tariximiz, betakror tabiatimiz va qadimiy obidalarimiz aks etgan.

Koʻrgazma orqali yoshlar va keng jamoatchilikka yurtimizdagi taraqqiyot jarayonlari, bunyodkorlik va yangilanishlar taʼsirchan tasvirlar orqali yetkazilmoqda.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram