... yapon mo‘jizasining siri ushbu millatning tug‘ma fazilatlarida emas, balki aql-zakovat, sabr-matonat bilan amalga oshirilgan madaniy islohotlarda, mashaqqatli izlanishlarda! Ulug‘ tarjimon va adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov millatning o‘zini tarbiyalashi, komillik sari intilishini “millatning billurlanishi”, deb atagan edi. Bugun biz havas qilayotgan Yaponiya ham 25-30 yilda “billurlanish” jarayonini bosib o‘tdi. Bu borada qonunchilik amaliyoti, jamoatchilik nazorati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, axboriy vositalardan unumli foydalanildi. Milliy-diniy an’ana va ko‘p asrlik falsafiy qarashlar esa poydevor vazifasini o‘tadi.
... islohotlar jarayonida nafaqat shaharlarning tashqi qiyofasi, infratuzilmalar, balki insonlarning dunyoqarashi, tafakkuri ham o‘zgardi, an’analar yangilandi. “Bir qilgan — madad, ikki qilgan — odat”, deydilar.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 2-sentabr kungi sonida Olimjon Davlatovning "O‘zbek zaminida gullagan yapon sakurasi" nomli maqolasi e’lon qilindi.