“Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida oʻquv-trening

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyati boʻlimida “Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida “Media-savodxonlik, sunʼiy intellekt, raqamli kommunikatsiya, SMM va media faollik” mavzusida oʻquv-trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilarga zamonaviy media vositalaridan samarali foydalanish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli kommunikatsiyani rivojlantirish hamda SMM yoʻnalishida amaliy koʻnikmalar berildi.

Treningning asosiy maqsadi — ziyolilarning media va raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram