Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning BMT oliy minbarida so‘zlagan nutqi
Prezident:
Prezident: - Nimaga 11 yil o‘qitib, bitta kasb yo til o‘rgatmay, bolani keng okeanga qo‘yib yuboryapmiz? Qani mas’uliyat?

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi. – Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim, – dedi davlatimiz rahbari. Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi. Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Antinarko» — narkojinoyatlar haqida ishonchli manba
«Antinarko» — narkojinoyatlar haqida ishonchli manba Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 12 104 ta jinoyat aniqlangan. Bu — kuniga o‘rtacha 50 ga yaqin holat degani. Endilikda narkojinoyatlarga oid tezkor va ishonchli ma’lumotlarni bir joydan olish mumkin. Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda «Antinarko» Telegram-kanalini ishga tushirdi. Kanal orqali: tezkor tadbirlar va aniqlangan narkojinoyatlar; ularning tafsilotlari; giyohvandlikka qarshi profilaktik va targ‘ibot materiallari muntazam e’lon qilib boriladi. «Antinarko» — tezkor, ishonchli va rasmiy axborot manbai.
FOTOKO‘RGAZMA: “YANGI O‘ZBEKISTON SHUKRONALIGI”
FOTOKO‘RGAZMA: “YANGI O‘ZBEKISTON SHUKRONALIGI” Veb-sayt |Telegram |

“Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
“Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida O‘zbekiston nomidan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oliy minbardan nutq so‘zladi. U o‘z nutqida bugungi globallashuv va murakkab davrda insoniyat duch kelayotgan dolzarb muammolar, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning inson qadriga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmasligini, tahdidlar chegaralarda to‘xtab qolmasligini aytgan Saida Mirziyoyeva BMTning o‘rni har qachongidan muhimligini ta‘kidladi.
Andijonliklar Prezidentimizni ochiq chehralar va ezgu tilaklar bilan kutib oldilar.
Bir piyola choy ustida Prezidentimiz Andijon faollari va mehnat faxriylari bilan dildan suhbatlashdi.
Respublikamizda 8 oy davomida giyohvandlikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar va narkovaziyat tahlili
Respublikamizda 8 oy davomida giyohvandlikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar va narkovaziyat tahlili Veb-sayt |Telegram |
5Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!
Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim! “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda. Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish. Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir. O'z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo'shing. murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
7Davlat xizmatida qadriyat, ishonch va sog‘lom muhit masalalariga e’tibor qaratildi
Davlat xizmatida qadriyat, ishonch va sog‘lom muhit masalalariga e’tibor qaratildi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi markaziy apparatida “Davlat xizmatida ishonch, qadriyatlarga asoslangan boshqaruv va psixologik farovonlik” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Veb-sayt |Telegram |
5Shu kunlarda «Startaplar mamlakati» shiori ostida ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Shu kunlarda «Startaplar mamlakati» shiori ostida ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari ham ushbu haftalikda ishtirok etdilar. Tadbir doirasida sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yoshlarning IT va AI sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar namoyish etilmoqda. Bugungi kunda AI Leaders kabi tashabbuslar, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu yo‘nalishlar Markaz faoliyatida ham raqamli yechimlar, tahliliy vositalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bilan uzviy bog‘liq. Veb-sayt |Telegram |
