O‘zbekiston–Yaponiya: ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik
O‘zbekiston–Yaponiya: ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik Yurtimizning ma’naviyat va ma’rifat sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Yaponiyada bo'ldi. Tashrif davomida - Prezidentimiz tashabbusi bilan nashr etilgan «Mustaqillik zafarnomasi» kitob-albomining Yaponiya parlamentida taqdimoti o‘tkazildi. - O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vatandoshlar bilan muloqot tashkil etildi. - Kunchiqar mamlakatning oliy ta’lim muassasalari va kutubxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim, ilm-fan va ma’rifat sohalarida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. MY5 14.09.2026 MY5 15.09.2026 MY5 16.09.2026 MY5 17.09.2026 UzA 17.09.2026 Axborot24 rus 22.09.2026 Axborot24 uzb 22.09.2026 MY5 23.09.26 "Dunyo" AA. 24.09.26 Veb-sayt |Telegram |
7DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR
DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi. Unda “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari, tarmoq korxonalari, oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Prezident nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslar hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida xodimlarga maʼlumot berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqadigan muhim jihatlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. Veb-sayt |Telegram |
Prezidentimiz Andijonga kelib, aeroport rekonstruksiyasining borishi bilan tanishdi.
3«YANGI O‘ZBEKISTON SHUKRONALIGI» — TARAQQIYOT VA YANGILANISH FOTOLARDA
«YANGI O‘ZBEKISTON SHUKRONALIGI» — TARAQQIYOT VA YANGILANISH FOTOLARDA Toshkent shahridagi «Magic City» majmuasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan «Yangi O‘zbekiston shukronaligi» loyihasi doirasida maxsus ma’rifiy fotoko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 35-yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li, yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlar, zamonaviy infratuzilmalar, bunyodkorlik ishlari, hududlarning yangilanib borayotgan qiyofasi, boy tariximiz, betakror tabiatimiz va qadimiy obidalarimiz aks etgan. Ko‘rgazma orqali yoshlar va keng jamoatchilikka yurtimizdagi taraqqiyot jarayonlari, bunyodkorlik va yangilanishlar ta’sirchan tasvirlar orqali yetkazilmoqda. Veb-sayt |Telegram |
5Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda Sessiyada 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

“RAQAMLI DUNYONING RAQAMLI BOLALARI”
“RAQAMLI DUNYONING RAQAMLI BOLALARI” ...Bolalar raqamli makonni tabiiy hayotning bir qismi deb o‘ylaydi. Oqibatda zararli kontent, anonim muloqot, firibgarlik, yo‘ldan ozdiruvchi axborot girdobiga tushib qoladi. «Ma’naviy hayot» jurnalining 2026 yildagi 3-sonida shu kabi mulohazalar va qiziqrli voqeliklarga boy maqolalarni o'qishingiz mumkin. Veb-sayt |Telegram |

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyati — endi raqamli platformada
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyati — endi raqamli platformada Ma’rifatparvarlar faoliyatini yagona raqamli tizimga birlashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etiladi. Yangi tizim orqali: ma’rifatparvarlarning yagona respublika reyestri shakllantiriladi; ularning faoliyati, yutuqlari, loyihalari va vazifalari raqamli tarzda tizimlashtiriladi; o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi baholanadi; aholining bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi monitoring qilinadi; ma’rifiy faoliyat natijalari tahlil qilinib, uni yanada samarali tashkil etish uchun raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bu — ma’rifatparvarlar faoliyatini zamonaviy raqamli muhitga olib kirish, ular haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda jamlash va ma’rifiy ishlar samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Veb-sayt |Telegram |
5“O‘ZBEKISTON — 2030”: DAVLAT DASTURI IJROSI — RAQAMLAR VA NATIJALARDA
“O‘ZBEKISTON — 2030”: DAVLAT DASTURI IJROSI — RAQAMLAR VA NATIJALARDA “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi davom etmoqda. 2026-yil 1-iyul holatiga “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida ijro muddati asosida bajarilgan bandlar infografikalarda jamlandi. Ularda maktabgacha va inklyuziv ta’lim, pedagog va psixologlar malakasini oshirish, ilmiy resurslardan ochiq foydalanish, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarning aniq natija va ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin. Veb-sayt |Telegram |
4Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva. Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan. Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi. Veb-sayt |Telegram |
2G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!
G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!! O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi! Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi. Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!
4