Möğuliston Fanlar akademiyasi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga oid kattagina arxivga ega, xususan, unda 450 jilddan ortiq noyob qölyozma, 7 000 dan ziyod qadimiy matnlar va dunyo madaniyatiga oid 1200 dan ortiq nodir diniy-falsafiy sutra (buddaviylik mazmuni singdirilgan matn)lar saqlab kelinadi. Şuningdek, yuz yildan ortiq davr mobaynida mamlakatning turli burçaklaridan yozib olingan möğul va turkiy qabilalarning lahjalari, oğzaki ijod namunalari va baxşilar ijrolari jamlangan – audiofond ham bor. Institutning maxsus bölinmalaridan biri faqat birgina asar – “Möğullarning sirli tarixi” tadqiqot markazi sifatida faoliyatini yölga qöygan…
“Möğullarning sirli tarixi” asarini örganiş davlat siyosati darajasiga kötarilgan bölib, hukumat va olimlar tomonidan alohida eʼtibor qaratiladi. Bu asar möğul davlatçiligi va milliy özlikni anglaşning boş ramzi hisoblanadi. Uşbu yodgorlik XIII asrga oid eng qadimgi adabiy va tarixiy manba bölib, uni örganişda Möğuliston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti yetakçilik qiladi.
Asar mazmunan 12 ta bobdan iborat bölib, unda Çingizxonning ajdodlari, tuğilişi, yoşlik yillari, tarqoq uruğlarni birlaştirib, yagona saltanatga asos solişi, yasa qonunçiligi va imperiya boşqaruvining şakllanişi hamda Ögadayxon davridagi davlatçilik islohotlari badiiy va tarixiy bayon körinişida bitilgan. Yodgorlik Çingizxon va uning safdoşlarining uruğ-aymoqçilik tizimidan butun bir imperiyaga qadar bölgan murakkab yölni qamrab oladi.
Soha mutaxassislari fikriça, asar dastlab turkiy-uyğur alifbosida, qadimgi möğul tilida yozilgan. Bizga qadar yetib kelgan matn esa XIV asrning oxirida Xitoyning Min sulolasi davrida saroy tarjimonlari uçun qöllanma sifatida xitoy ierogliflari bilan (möğulça talaffuzi saqlangan holda) köçirilgan va har bir jumlaning tagiga xitoyça sözma-söz tarjimasi ilova qilingan. Dunyo ilm-fani asarni aynan mana şu xitoyça nusxa orqali qayta kaşf etgan.
Kitobning turkiy ellar bilan boğliq jihatlari nihoyatda köp. Tadqiqotlar asarning turkiy xalqlar, xususan, özbeklarning etnik tarixi va tili bilan yaqin aloqasini tasdiqlaydi. Ayniqsa, Çingizxon tomonidan birlaştirilgan va keyinçalik Möğul imperiyasining asosini taşkil qilgan – Jaloir, Qönğirot, Nayman, Kereit, Merkit, Barlos, Tatar singari yetakchi etnik uruğlar töğrisida asosli maʼlumotlar berilgan.
Bundan taşqari unda Çingizxonning sevgili rafiqasi Börte Qönğirot (Xongirad) uruğidan bölgani va qönğirotlarning gözalligi, tinçliksevarligi hamda qiz uzatiş anʼanalari haqida juda gözal lavhalar bor. Yana bir jihat asarda qöllanilgan juda köp ijtimoiy-siyosiy atamalar, masalan, beg (bek), nuker (navkar), aymaq (aymoq), ordu (örda), ulus (ulus), xan (xon) singari yuzlab sözlar töğridan-töğri turkiy tillar bilan muştarakdir.
Möğuliston olimlari, şuningdek, dunyo turkologlari asarning tili Örxun bitiktoşlari tili bilan juda yaqin leksik va uslubiy boğliqlikka egaligini, asar tarkibidagi köplab maqollar va Çingizxonning biliglari anʼanaviy turkiy baxşiçilik hamda alplar haqidagi afsonalarning bevosita mantiqiy davom ettirişini isbotlagan.
XX yuzyillikning atoqli şarqşunosi, akademik B.Vladimirsov “Möğullarning ijtimoiy tuzumi” (1934) va “Çingizxon” (1922) kabi fundamental asarlarida uşbu obida matniga eng köp tayangan olim hisoblanadi. B.Vladimirsov asar tili va unda aks etgan madaniyatda turkiy dunyoning taʼsiri nihoyatda kuçli va tizimli bölganini isbotlab bergan. Olim “Möğullarning sirli tarixi”ni şunçaki bir uruğning xronikasi emas, balki turk va möğul xalqlarining köp asrlik madaniy, lingvistik va siyosiy hamkorligi natijasida tuğilgan umumiy Yevrosiyo köçmançilar sivilizatsiyasi merosi deb baholagan.
Olim “Sirli tarix”da tasvirlangan voqealarni tahlil qilar ekan, XIII asrda turk va möğul qabilalari örtasida qatʼiy madaniy va etnik çegara bölmaganini taʼkidlaydi. U asar qahramonlari bölgan möğul zodagonlari (nöyonlar) öşa davrdagi yetakçi turkiy uruğlar madaniyati va davlatçilik anʼanalari taʼsirida şakllanganini yozadi. Uning fikriça, Çingizxon tuzgan köçmançilar imperiyasining ijtimoiy va siyosiy tuzilişi töğridan-töğri qadimiy turk xoqonliklarining davlatçilik tizimiga borib taqaladi va bu izçillik “Sirli tarix”da yaqqol körinadi.
Asarni dunyo faniga tanitgan olim esa Palladiy Kafarov böldi. U 1866-yili kitobning xitoyça ierogliflar bilan transkripsiya va tarjima qilingan nusxasini topadi va 1872-yili rus tiliga tarjima qilib, izohlari bilan naşr etadi. Keyinçalik, Sergey Kozin asarning möğulça matnini tiklaş ustida uzoq yillar işlab, 1941-yili mukammal rusça tarjimasini “Sokrovennoye skazaniye mongolov” nomi ostida transkripsiya va luğat bilan çop qiladi. Aytiş kerakki, bu naşr keyingi avlod tadqiqotçilari uçun asosiy qöllanma bölib xizmat qildi.
Asar ğarb bilim kişilari örtasida ham katta qiziqiş uyğotgan. Fransiyalik sinolog P.Pellio asarning xitoyça transkripsiyasini çuqur örgandi. Uning tadqiqotlari matnning filologik jihatdan eng aniq talqinlaridan biri, deb tan olingan. Asar böyiça zamonaviy tadqiqotlardan biri Kanberra universiteti professori Igor de Raxeviltzga tegişli. U hayotini yodgorlikni ingliz tiliga tarjima qiliş va unga köp jildlik, nihoyatda keng qamrovli tarixiy-filologik şarhlar yozişga bağişladi. Olimning 2004-2006-yillarda çop etgan fundamental tadqiqoti bugungi kunda dunyo şarqşunosligida asar böyiça eng nufuzli manba sanaladi.
Yodgorlik, şuningdek, turkiy ellarning bilim kişilari tomonidan ham çuqur örganilgan. Çunonçi, turk olimlari içida Ahmet Temir birinçilardan bölib asarni töliq turk tiliga ögirdi. Uning tarjimasi yolğiz Turkiyada emas, balki butun turkiy dunyoda turk-möğul tillarining tarixiy aloqalarini örganişida yangi istiqbollarni oçib berdi.
“Möğullarning sirli tarixi” Qozoğiston ilm-fanida ham muhim örin tutadi. Asardagi turkiy sözlar va uruğ otlari qozoq tadqiqotçilarini ham ilhomlantirib kelgan. Xususan, Muxtor Magauin asarning tarixiy konteksti, undagi köçmançilar dunyoqaraşi va asar badiiyatini keng tahlil qildi. R.Sizdiqova, N.Bazilxan esa asarning til xususiyatlari, undagi qadimiy turkiy va möğul qatlamlarining özaro nisbatini örganib, tadqiqotlar yaratdi. Şuningdek, asarning qozoq tilidagi tarjimasi ham yaratildi.
Tassufki, ana şunday muhtaşam yodgorlik şu kezga qadar özbek turkşunoslarining eʼtiboridan çetga bölib keldi. Açinarlisi, şu kezga qadar asar böyiça olimlarimiz tomonidan toş bosadigan ilmiy izlanişlar yaratilmadi. Asarning özbek tiliga tarjimasini ham amalga oşirilmadi. Özbek turkşunoslari, matnşunoslari va tarixçilari uşbu manbaga “özbek tarixiga aloqasi bölmagan möğul xronikasi” sifatida qarab, undan çetlaşib kelişdi.
“Möğullarning sirli tarixi” yolğiz bir xalqning yozma merosi emas, u Özbekiston zaminida şakllangan davlatçilik tizimlari (Çiğatoy ulusi, Temuriylar saltanati, Özbek ulusi)ning ildizlarini yorituvçi umumiy Markaziy Osiyo merosidir. Şu maʼnoda asar bilan boğliq özbek ilm-fani oldida quyidagi vazifalar turibdi:
Birinçi bosqiçda asarning xalqaro tan olingan rusça, inglizça va turkça akademik tarjimalari asosida özbekça qiyosiy-akademik tarjimasini amalga oşiriş va çop etiş kerak. Tarjimani amalga oşirişda dunyo olimlarining, ayniqsa, S.Kozin va I.Raxeviltzning tajribasidan foydalangan holda, matndagi har bir sözning özbek tilida bölgan muqobilini ilmiy asoslab beruvçi tarixiy lingvistik va etimologik şarhlar ilova qilinsa tadqiqotning qiymati oşadi.
Bugungi özbek turkşunosligida turk va möğul xalqlarining köp asrlik madaniy, lingvistik va siyosiy hamkorligi simbiozi yönalişida qiyosiy tadqiqotlarni yölga qöyiş kerak.
Soha bilan boğliq mamlakatimiz oliy öquv yurtlarida qadimgi möğul yozuvini va tilini biladigan, manbalarni asl nusxadan (möğulça va xitoyça) öqiy oladigan yoş turkşunos, matnşunoslar avlodini tayyorlaşni qöllab-quvvatlaş lozim.
Agar biz bugun bu qadamni taşlamasak, dunyo tarixşunosligi, manbaşunosligi maydonida özbek ilm-fani öz mavqeyini zaiflaştiriş va tariximiz hamda tilimiz ildizlarini boşqa xalqlarning olimlari talqinida örganişga majbur bölib qolişimiz ehtimoli yuzaga kelişi mumkin.
Yana bir muhim jihat şuki, ilmiy jamoatçilik va tarixçi akademik doiralarda XIII asr tarixi va madaniyatiga nisbatan şakllangan “faqat salbiy (vayronkorlik) va begona tarix” sifatida qaraş ğoyasidan voz keçiş ham kerak. Uşbu davrni inkor etiş – millatimiz etnogenezining muhim zanjirini uzib taşlaş bilan barobar. Zamonaviy tarixşunoslik – Tomas Ollsen va Jek Uezerford tadqiqotlarida XIII yuzyillik Birinçi Yevrosiyo globallaşuvi davri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Şu jihatdan, XIII asr tarixini faqat bir yoqlama – qora va oq ranglarga ajratib örganiş tarixnavislikdagi ibtidoiy metodologiya. Zamonaviy fan uşbu asrni Yevrosiyo madaniyatlari, tillari va xalqlari qayta qorişib, yangi sifat bosqiçiga çiqqan şiddatli davr sifatida qaramoqda. “Möğullarning sirli tarixi” singari obidalar esa bizga öşa davrning içki falsafasini, tilini va ruhiyatini anglatuvçi yodgorlik sifatida qadrlidir.
Qudratulla OMONOV,
filologiya fanlari doktori, professor