Oyina.uz portali özbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida öqishi şart bölgan 10 kitob” tavsiyasini berişda davom etadi. Loyihaning 96-iştirokçisi siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirğizboyev.
1. Dante Aligeri “Ilohiy komediya” – Örta asrlar va Uyğoniş davri örtasidagi köprik bölgan buyuk poema. Muallif unda özining ramziy sayohati orqali Dözax, Aʼrof (tozalaniş joyi) va Jannat manzaralarini tasvirlaydi. Asar inson ruhining gunohlardan poklanib, ilohiy sevgiga yetişiş yölini badiiy ifodalagan.
2. Alber Kamyu “Begona” romani – Ekzistensializm yönalişining eng yorqin namunasi (dunyoda “L’Étranger” nomi bilan maşhur). Jamiyat qonun-qoidalariga, his-tuyğularga va hatto öz onasining ölimiga ham befarq bölgan Merso ismli insonning taqdiri. Asar hayotning mantiqsizligi, insonning jamiyatda yolğizlanib qolişi va soxtaliklarga boş egmaslik oqibatlarini körsatadi.
3. Jek London “Martin Iden” – Şaxs irodasi, maşaqqatli mehnat va sevgi kuçi haqidagi kuçli motivatsion roman. Oddiy va madaniyatsiz dengizçi yigit Martin özidan yuqori tabaqaga mansub qizni sevib qoladi va unga munosib böliş uçun tinimsiz öqib, maşhur yozuvçiga aylanadi. Ammo u intilgan “yuqori jamiyat” aslida puç va soxta ekanini anglaganida keç bölgan edi.
4. Ivan Turgenev “Otalar va bolalar” – Avlodlar örtasidagi doimiy kuraş va dunyoqaraşlar ziddiyatini aks ettirgan klassik roman. Heç qanday anʼana va qadriyatlarni tan olmaydigan nigilist Bazarov hamda eskiça qaraşlarga ega otalar örtasidagi bahs orqali davrning ijtimoiy va maʼnaviy muammolari tahlil qilinadi.
5. Mixail Bulgakov “Usta va Margarita” – Sehr, ilohiyot, satira va muhabbat qorişib ketgan murakkab va sirli roman. Şayton (Voland) va uning şeriklari 1930-yillardagi ateistik Moskvaga taşrif buyuradi. Şu bilan parallel ravişda Iso Masih va Pontiy Pilat davri voqealari va Usta bilan Margaritaning fidokorona sevgisi hikoya qilinadi.
6. Paulo Koelo “Alkimyogar” – Öz orzusini qidirib sayohatga çiqqan çöpon yigit Santyago haqidagi ramziy va falsafiy roman. Asar har bir inson öz Alloh inʼom etgan taqdirini yaşaşi kerakligi, yurakka quloq soliş, belgilarni öqiy oliş va hayot sayohatining gözalligi haqida hikoya qiladi.
7. Erix Mariya Remark “Ğarbiy frontda heç qanday özgariş yöq” romani – Birinçi jahon uruşining dahşatlarini bor böy-basti bilan körsatib bergan antiuruş ruhidagi eng kuçli asar. Uruş oloviga taşlangan bir guruh yoş yigitlarning nigohi orqali siyosatçilarning öyinlari, yöqotilgan avlod fojiasi va uruşning inson ruhiyatini vayron qilişi tasvirlanadi.
8. Ernest Xeminguey “Çol va dengiz” – Inson matonati va yengilmas irodasi madh etilgan qissa. Qari baliqçi Santyagoning bir neça kun davomida dengizda ulkan baliq bilan olib borgan hayot-mamot kuraşi. Asarning boş ğoyasi: “Insonni mahv etiş mumkin, ammo uni yengib bölmaydi”.
9. Jerom Selindjer “Javdarzordagi xaloskor” – Ösmirlik davrining isyoni, yolğizligi va jamiyatdagi soxtaliklarga qarşi nafratini ifodalagan maşhur roman. 16 yoşli Xolden Kolfild dunyodagi kattalarning munofiqligidan çarçab, bolalikning sofligini saqlab qolişni, javdarzorda öynayotgan bolalarni jarlikka qulaşdan qutqaruvçi bölişni orzu qiladi.
10. Frans Kafka “Evriliş” – XX asr adabiyotining eng taʼsirli va ramziy qissalaridan biri. Oddiy tijorat agenti Gregor Zamza bir kuni ertalab uyğonib, dahşatli ulkan haşarotga aylanib qolganini köradi. Asar insonning yaqinlari uçun faqat moddiy foyda keltirgandagina kerakligi, jamiyatning şafqatsizligi va yolğizlik fojiasini körsatadi.
Muqimjon Qirğizboyev 1948-yil Namangan viloyatida tavallud topgan. 1968-1973-yillarda Andijon davlat pedagogika institutida öqigan. Hozirda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori.
Muqimjon Qirğizboyevning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari eʼlon qilingan bölib, ulardan 30 tasi xorijiy va xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan. Shuningdek, proffesorning bir nechta öquv-uslubiy qöllanmalari, darslik, kitoblari naşr etilgan.
Muqimjon Qirğizboyev „Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi“ unvoni, „Mustaqillikning bir yilligi“, „Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim aʼloçisi“ nişonlari bilan taqdirlangan.
Loyihaning sönggi uç soni bilan tegişli havolalar orqali tanişişingiz mumkin:
- Filolog olim Rahmon Qöçqor tavsiyasi
- Kinorejissyor Yusuf Roziqov tavsiyasi
- Jurnalist Safarali Qurbonov tavsiyasi