Vazirlik va idoralarda “Umummilliy diktant” loyihasi tizimli amalga oshirilmoqda

Davlat tiliga hurmat faqat soʻzda emas, har bir yozilgan jumlada, toʻgʻri qoʻllangan imloda va savodli ifodalangan fikrda namoyon boʻladi.

Ayni shu maqsadda vazirlik va tashkilotlar, agentliklar, qoʻmitalar hamda ularning hududiy boʻlinmalari, oliy taʼlim muassasalari, aksiyadorlik jamiyatlarida “Umummilliy diktant” loyihasi tizimli amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlari oʻzbek tilida yozish savodxonligi, imlo qoidalari hamda adabiy til meʼyorlariga rioya qilish borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

Tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi PQ–308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram