Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Yosh avlodni milliy tarbiya va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, Milliy tarbiya modeli dasturi loyihasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasida Vatanga sadoqat, milliy gʻurur va oʻzlikni anglash, halollik, masʼuliyat, intizom, mehnatsevarlik, vaqtni qadrlash, oilaparvarlik, bagʻrikenglik, kitobxonlik, ilmga qiziqish, tabiat va jamoat mulkiga ehtiyotkorlik, mustaqil fikrlash tarbiya tizimining qadriyatlari boʻlishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda Taʼlim va ilm fan vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarining milliy tarbiya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflari koʻrib chiqildi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram