
Jamoaviylik — samarali faoliyat asosi!
Jamoaviylik — samarali faoliyat asosi! Markazning Toshkent viloyati bo'limi xodimlari uchun «Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish» mavzusida amaliy-psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar interaktiv mashg‘ulotlar, jamoaviy topshiriqlar va amaliy mashqlarda faol qatnashib, o‘zaro ishonch, hamkorlik, samarali muloqot va mas’uliyat kabi muhim ko‘nikmalarni mustahkamladilar. Veb-sayt |Telegram |
10MILLIY QADRIYATLARGA ASOSLANGAN DAVLAT XIZMATI
Davlat xizmatining chinakam samaradorligi uning o‘z xalqi tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan qanchalik uyg‘unligiga bog‘liq. Shu ma’noda, milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish xalq bilan davlat o‘rtasidagi is…
4O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi. Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva. JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.
6Oila va xotin-qizlar qo'mitasi markaziy apparati, hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirz
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi markaziy apparati, hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirz iyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga…

Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yangi imkoniyatlar va tashabbuslar
Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yangi imkoniyatlar va tashabbuslar Andijonda iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Sayyora Jabborova Ma'rifat targʻibotchilari jamiyati aʼzosi BATAFSIL Veb-sayt |Telegram |
9“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ishchi-xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ishchi-xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqining…
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
O’zbekiston o’rtoqlik o’yinida Eronni 3:1 hisobida mag’lub etdi
O’zbekiston o’rtoqlik o’yinida Eronni 3:1 hisobida mag’lub etdi Dastlab, 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqiblarning xatosidan keyin hisobni ochdi. 49-daqiqada eronliklar jarima zarbasidan so’ng, muvozanatni tiklashdi. 58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada esa Husayn Norchayev o’yinga nuqta qo’ygan golni kiritdi – 3:1. Terma jamoamizning keyingi o’rtoqlik o’yini 1-oktyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi bo’lib o’tadi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazida ochiq suhbat o'tkazildi
gklfgdfgdf
Ta’lim va sog‘liqni saqlash
Ta’lim va sog‘liqni saqlash “Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”. Bola — davlatning eng katta mas’uliyati “Bola — davlatning eng katta mas’uliyati. Bola sog‘lom tug‘ilmasa, sifatli ta’lim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotni o‘tkazamiz”. Orol fojiasi “Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin bo‘lgan yana bir sabog‘i bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga bo‘lgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi O‘zbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”. Ekologik yechimlar “Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilindi”. Sun’iy intellekt va inson “Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy o‘zgarish qarshisida turibdi. Bu — sun’iy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur bo‘ladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”. Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”. Qonun ustuvorligi “Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qat’i nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”. Ayollar huquqlari va imkoniyatlari “Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz a’zolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”. Islom sivilizatsiyasi markazi “Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat o‘tmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va ma’rifat makoni sifatida ko‘ramiz. O‘zbekiston madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni, ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”. Inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo “Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.
Ochiqlik tanlovi
Ochiqlik tanlovi “Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. O‘zbekiston o‘z yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘z tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”. Ochiqlik — zaiflik emas Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”. Davlat qudrati inson qadri bilan o‘lchanadi “Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan o‘lchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”. BMTning o‘rni har qachongidan muhim “Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida to‘xtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”. “BMT — 80” tashabbusi “O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”. Xalqaro huquq — umumiy qoida “O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”. Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar “Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila o‘zgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”. Afg‘onistonga yondashuv “Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”. Islohotlar markazida inson “O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan o‘lchaymiz. Iqtisodiy o‘sish So‘nggi o‘n yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambag‘allikdan chiqarildi”.
