«Antinarko» — narkojinoyatlar haqida ishonchli manba

Joriy yilning 8 oyida Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq 12 104 ta jinoyat aniqlangan. Bu — kuniga oʻrtacha 50 ga yaqin holat degani.

Endilikda narkojinoyatlarga oid tezkor va ishonchli maʼlumotlarni bir joydan olish mumkin.

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

«Antinarko» Telegram-kanalini ishga tushirdi.

Kanal orqali:

tezkor tadbirlar va aniqlangan narkojinoyatlar;

ularning tafsilotlari;

giyohvandlikka qarshi profilaktik va targʻibot materiallari muntazam eʼlon qilib boriladi.

«Antinarko» — tezkor, ishonchli va rasmiy axborot manbai.