Kecha AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekistonga keldi. Safarini Samarqand shahridan boshlagan Rubioni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kutib oldi.

“AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni koʻhna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi”, deb yozdi Mirziyoyeva oʻz sahifasida.

Xabarga koʻra, mazkur tashrif rejasida “C5+1” formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yigʻilishi bor.

“Oʻzbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio!” deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari.