Bu roʻyxatni ikki yil oldin eʼlon qilgandim. Shundan beri u yana toʻldirildi, roʻyxat oxirida Koshgʻariy bobomiz “Devonu lugʻotit-turk”da keltirgan ming yil oldingi turkiy ismlar ham ilova qilindi. Albatta ularning koʻpchiligini bugun isteʼmolga qaytarib boʻlmaydi, lekin ular ming yil oldin ajdodlarimizning ism qoʻyish udumlari qanday boʻlgani haqida bizga tasavvur berishi mumkin.
Hozirgi oʻzbek ismlarini asosan uch katta qism: arabcha, forscha va turk-oʻzbekcha ismlar guruhiga boʻlish mumkin. Afsuski, ular ichida eng gʻaribi, eng kam uchraydigani – chin oʻzbekcha otlardir. Keyingi paytlarda esa ularning soni yanada, keskin kamayib bormoqda. Oʻz farzandini oʻz tilidagi ot bilan atashga or qiladigan oʻzbekday millat boʻlmasa kerak.
Shuningdek, oʻzbek ismlari ichida aralash: arabcha-oʻzbekcha (Alloberdi), forscha-oʻzbekcha (Gulyuz), forscha-arabcha (Dilmurod) ismlar ham juda koʻp.
Maʼlumki, Islomdan keyin, har bir musulmonning ismi islomiy boʻlishi kerak, degan aqida taʼsirida sof turkiy ismlar qoʻyish udumi oʻrta asrlardayoq taraqqiy etishdan toʻxtagan. Oʻtmishda fors tili arab tilidan keyin ikkinchi madrasa tili, adabiyot tili maqomida boʻlgan. Shu bois forscha ismlar turk ismlariga nisbatan arablashtirishdan kam ziyon koʻrgan. Shunday boʻlsa-da, oʻtmishda ajdodlarimiz chin oʻzbekcha ism qoʻyish udumini saqlab kelishgan. Deylik, bundan ellik yil burun otalarimiz, bobolarimiz mansub avlodlar ichida chin oʻzbekcha otlar ancha koʻp edi. Ammo bugungi kunda oʻzbek tili arab, fors tillari taʼsiridan ancha mustaqil boʻlgan bir paytda, chin oʻzbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda. Bugungi avlod farzandiga seriallarda koʻrgan biror qahramonning qulogʻi yoqtirgan ajnabiy, maʼnosini oʻzi ham tushunmaydigan ismini ravo koʻrishi mumkin, ammo oʻzbekcha ism qoʻymaydi. Oʻzbekcha ism goʻyoki eskilik sarqiti, “модный” emas.
Men arabcha, forscha yoki boshqa tildan oʻzlashgan ismlarni mutlaqo qoʻymaslik kerak, demoqchimasman, faqat farzandingizga ism qoʻyishdan oldin oʻzbekcha otlarni ham oʻylab koʻring. Boshqa tildan chiroyli ism qidirishdan oldin oʻz tilingizda yangi ismlar yaratishga, yangi ismlar bilan tilimizni boyitishga harakat qilib koʻring. Umid qilamanki, kelajakda yana oʻzlikka qaytish kayfiyatlari boʻladi, ism qoʻyishdagi bugungi mezonlar ham oʻzgarib, kelajak avlod jarangdor ajnabiy ismlardan koʻra oʻzligini koʻproq anglatadigan chin oʻzbekcha otlarni koʻproq qadrlaydi.
Eslatib oʻtaman, ushbu roʻyxatga aralash ismlar (misol, Xudoyberdi) emas, balki butunlay turkiy (Tangriberdi) ismlar kiritildi. Oʻzbekcha aralash ismlar roʻyxati esa ancha uzun.
(Ushbu roʻyxatda boʻlmagan chin oʻzbekcha otlarni taklif etuvchilarga oldindan minnatdorchilik bildiraman. Faqat iltimos, biror ismni taklif etishdan oldin uni ushbu roʻyxatda bor-yoʻqligini tekshirib koʻrsangiz, arabcha yoki forscha emasligiga amin boʻlmangiz, uni keltirsangiz yaxshi boʻlardi.)
Chin oʻzbekcha otlar
A
Abray
Adashboy
Akaboy
Alp
Alparslon (Saljuqiy hukmdorlardan birining oti)
Alpomish
Alptegin (Gʻaznaviylar davlati asoschisi)
Alper
Arslon
Attila
B
Bayram (+ali. Ali – arabcha)
Balqiya
Barchin (Maʼnosi “ipak”, “parcha”. “Devonu lugʻotit-turk” ind.57)
Bahodir
Begi
Begimoy
Begoyim
Begimqoʻl, Begimxon
Begxon
Bek
Bektoy
Bektosh
Bektursun
Beybars (Mamluklardan birining oti)
Bekboʻta
Bektemir
Bektursun
Bekqul
Bekcha
Bekchik (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti)
Bekxon
Berdi, Berdibek
Berkin
Bibi
Bibixon
Bilga
Bobobek
Boboqul
Boybek
Boyboʻri
Boyboʻta
Boyir
Boykeldi
Boykenja
Boysun
Boysari
Boysungʻur
Boyqobil
Boyqul
Bolabek
Bolibek
Bolqiboy
Bolbuvi
Bolta
Botir
Bosim
Boshbek
Boqi(jon)
Burxon (arabcha “burhon” emas, qadimgi turkiydagi “burxan”, “burqan”. Yaʼni “x” bilan yozilsa, unga turkcha deb qarash mumkin. “Devonu lugʻotit-turk”da: “burxan – but. Haykalga “bazar burxan” deyiladi”, deb izohlangan (DLT. I t.1960.409-bet). “Budda” ismining qadimgi turkiydagi koʻrinishi)
Burgut
Boʻri
Boʻrivoy
Boʻritosh
Boʻrixon
Boʻron
Boʻta
V
G
Goʻzal
D
Dadaxon
Dengiz
Ye
Yetmishboy
Yo
Yovqoch (Jovqoch)
Yovqochdi
Yozi
Yozibek
Yolqin
Yomonqul
Yorqin
Yorqinoy
Yomgʻir
J
Jaylov
Jangʻil
Jovli
Jongil
Z
I
Izbosar
Izboskan (Izbosgan)
Ilash
Ilgiz
Ilgʻor
Inju
Inoq
Ipak
Istam
Y
Yoʻldosh
Yoʻlbars
Yoʻlchi
Yoʻlyaxshi
Yigitali (-ali – arabcha)
K
Katta, Kattabek
Kattabuvi
Kengboy
Kenja
Ketmon
Kiyik
Kimsan
Kimsanboy
Kultegin
Kunduz
Kunsuluv
Kuntugʻmish
Koʻklamboy
Koʻpaysin
Koʻrkli
Koʻchakboy
Koʻchar
Koʻchim
Koʻchimxon
Koʻkalp
L
Lochin
M
Mayram
Mangu
Manguberdi
Meli
Meliqoʻzi
Mengboy
Mengboʻta
Mengir
Mengli
Menglixon
Mingboy
Momoxon (Momoxol: “xol” – forscha)
Momobuvi (bibi)
Munchoq
Moʻgʻulbek
N
O
Oybalqi
Oybarchin
Oybek
Oybeka, Oybika
Oybibi
Oyday
Oydin
Oyimxon
Oyman
Oysara
Oysuluv
Oytosh
Oytoʻla
Oychechak
Oychuchuk
Oyxon
Oyxonim
Oyqiz
Olmaxon
Olmos
Oltiboy
Oltin
Oltmishboy
Olchin
Olchinbek
Olgʻu (“Olgʻu Chigʻatoyning nabirasi tutur”. Abulgʻoziy. Shajarayi turk. 89-bet)
Onaxon
Oppogʻoy
Orol
Ortiq
Otabek
Otaboy
Otaxon
Ochil
Ochildi
Oqboy
Oqin
Oqbilak
Oqqiz
Ogʻabek
P
Pamuq
R
S
Sabuktegin (eski turkiyda: “sevimli shahzoda”. Mahmud Gʻaznaviy otasining oti)
Saljuq
Sanjar
Sariboy
Sarimsoq
Sevar
Sevara
Sevgi
Sevinch
Sotvoldi, Sotiboldi
Sotim
Sotqinoy
Sogʻinch
Suvxon
Suzuk
Suluv
Suyun
Suyunbek
Suyunbeka
Suyundiq
Suyunch (Shayboniyxon oʻgʻlining ismi)
Suyanch
Suyar
Suyarqul
Suqsur
T
Tangriberdi
Tangribek
Tanishbek
Taragʻay, Toʻrgʻay
Tarxon (Tarkan)
Tegin
Tegina (Teginabegim)
Tesha, Teshavoy
Tilov
Tilak
Tinibek
Tiniq
Tirkash
Toyloq
Toymas
Toychoq
Tolmas
Tongotar
Tosh
Toshbolta
Toshbuvi, Toshbibi
Toshtemir
Toshtoʻxta
Toshqin, Toshqinboy
Togʻay
Togʻboy
Tugal
Tuyma, Tuymaboy
Tuygʻu
Tuman
Turar
Turat
Turdi, Turdibek
Turdim
Turkonbegim
Turon
Turgʻun
Turgʻunboy
Turmish (Turmish oqa Amir Temur davrida Qarshi beklaridan Joku barlosning qizining ismi. 1354-yili Temurbek, 18 yoshida, Turmish oqaga uylangan)
Tursun, Tursunboy
Tursunoy
Tugʻluq (Tugʻli, Tuxli)
Tugʻrulbek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan)
Tuqtemur (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti).
Toʻychi
Toʻla
Toʻlagan
Toʻlan, Toʻlanboy
Toʻlgʻon
Toʻlgʻonoy
Toʻlqin
Toʻlish
Toʻmaris (massagetlar masalasi munozarali. Ushbu ism hozircha shartli ravishda qoʻshildi)
Toʻra, Toʻraqoʻl
Toʻxta
Toʻxtaboy
Toʻxtavul
Toʻxtamish
Toʻxtasin
Toʻxta
Toʻqal (Amir Temurning ayoli)
Toʻqsuluv
Toʻgʻon, Toʻgʻonbek
Toʻgʻri, Toʻgʻribek, Toʻgʻriboy
U
Uzoq
Uytoʻl, Uytoʻloy
Uytoʻla
Ulanboy
Ulash
Ulkan
Ullibibi
Ulboʻlsin
Ulugʻbek
Ulugʻberdi
Ulugʻboy
Ulugʻxon (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi toʻrtinchi hukmdorining ismi. (1265–1287) Gʻiyosiddin Balban)
Ulgʻay
Umid, Umida (bu ism forscha deyiladi, lekin qadimgi turkiyda “umid” maʼnosida “umdu”, “umunch” soʻzlari boʻlgan. Shu kabi “umunchlig‘” – umidli, “umundim” – umidlandim)
Unsin, Unsinoy
Urdush
Uchqun
F
X
Xontemir
Xonkeldi
Xonbibi
Xonim
Xonimoy
Xonimqul
Xoqon
Ch
Charos
Chagʻribek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan birining oti. “Chagʻri” eski turkman tilida “lochin”)
Chaqir
Chechak
Chinni (Chinnixol, Chinnigul)
Chingiz
Chinni
Chintemir
Chiroy
Chuchuk
Choʻli (Choʻlli)
Choʻyan
Sh
Shodlik
Shaymanboy
Shunqor
E
Egamqul
Egamberdi, Egambergan
Egiz
Elbars
Elbek
Elkezar
Elsari
Elsevar, Elsuyar
Eltoy
Eltuzar
Eltutmish (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi uchinchi hukmdorining ismi. (1211–1236) Toʻliq ismi: Shamsiddin Eltutmish ibn Yalam)
Elxon
Elchi
Elchin
Emin
Enaxon
Enaqiz
Epkin
Eralp
Eran
Erbek
Ergash
Erboy
Eryigit
Erka
Erkenja
Erkin
Erkli
Ertoy
Ertoʻgʻrul
Erqul
Esirgap
Eson
Esh
Eshbek
Eshberdi
Eshboy
Eshboʻri
Eshim
Eshturdi
Eshtoʻxtar
Eshqobil
Eshqora
Eshqul
Yu
Yulduz
Yurtsevar
Ya
Yayra
Yangiboy
Yanglish
Yarash
Yarlaqab
Yashar
Yashnar
Yashin
Yaxshiboy
O‘
Oʻdaboy
Oʻzbek
Oʻzbegoyim
Oʻktam
Oʻlmas
Oʻljaboy
Oʻljoy
Oʻlmasoy
Oʻnar
Oʻngboy
Oʻngal
Oʻngar
Oʻrin
Oʻrinboy
Oʻrol
Oʻroz
Oʻroq
Oʻrmon
Oʻrxon
Oʻsar
Oʻskan
Oʻta, Oʻtaboy
Oʻtagan
Oʻtanbek, Oʻtanboy
Oʻtkir
Oʻgʻiloy, Oʻgʻilxon
Oʻgʻilcha
Oʻgʻlon
Oʻgʻuzbek (Oʻgʻuzxon)
Oʻqtoy
Q
Qaynar
Qaytar
Qaytmas
Qaldirgʻoch
Qambar
Qamchi, Qamchibek
Qarol
Qarshi, Qarshiboy
Qargʻaboy
Qashqir
Qizlarbegi
Qizlarbibi
Qizlarxon
Qilich
Qilich Arslon (saljuqiy hukmdorning oti)
Qirmiz
Qirchechak
Qirgʻizboy
Qobil (Qobilxon – Chingizxonning bobosi)
Qobilbek
Qozoqboy
Qoplon
Qoravoy
Qorasoch
Qoracha
Qoraqul
Qoryogʻdi
Qorjov
Quvnoq
Quvonchbek
Quvondiq
Quyosh
Qulbul
Qultoy
Qumri
Qunduz
Quroqboy
Qutlug‘
Qutbuka
Qutlibeka (Qutlugʻbeka)
Qutluqqiz
Qoʻzi, Qoʻziboy
Qoʻyli
Qoʻysin
Qoʻldosh
Qoʻlli
Qoʻralay
Qoʻrqmas
Qoʻsh(sh)a
Qoʻshoq
Qoʻchqor
G‘
H
Hulkar
Mahmud Koshgʻariy “Devonu lugʻotit-turk”da keltirgan bundan ming yil oldingi kishi otlari:
Abi – erkaklar ismi
Azaq – oʻgʻuz beklaridan birining ismi
Ayas – qul ismi
Alp Aya – er kishi ismi
Alp Artun – er kishi ismi
Alp er Toʻnga – er kishi ismi. Qoraxoniylar Alp er Toʻnga va Afrosiyobni bir shaxs deb bilishgan
Alp Tegin – “Bahodir qul”. Er kishi ismi
Badruq – er kishi ismi
Bayzan – er kishi ismi
Barman – er kishi ismi. “Afrosiyobning oʻgʻli”
Barsgʻan – er kishi ismi. “Afrosiyobning oʻgʻli”
Begi – er kishi ismi
Bekach Arslon Tegin – er kishi ismi
Beklan – er kishi ismi
Bektur – er kishi ismi
Bista – er kishi ismi
Boʻgʻra – Boʻgʻra qaraxaqan, Qoraxoniy hukmdorlardan birining ismi
Buzrach/Budrach/Buzruj – “yabaqular begining ismi”.
Buluch – er kishi ismi
Bulgʻaq – er kishi ismi
Burslan – er kishi ismi
Yenshi – Xoʻtan begining ismi
Inal Uz – qipchoq xonlaridan birining ismi
Yavlaq sarig‘ – beklardan birining ismi (lekin “yavlaq”ning maʼnosi – “yomon, tuban, qattiq, mustahkam”. A.H.).
Yalinguq – Odam alayhissalomning nomi
Yagʻan tegin – kishi nomi (ammo “yagʻan”ning maʼnosi – “fil”)
Kumush tegin – kishi ismi
Kuch tegin – kishi ismi
Oʻtamish – er kishi ismi
Rum – kishi ismi
Seljuk – sultonlar bobosining ismi
Seljuk Subashi – kishi nomi
Sungish – er kishi ismi
Suli – qul ismi
Tabar – xon ismi
Tabdu – kishi ismi
Tekish – er kishi ismi
Toʻnga Alp Er – (yuqorida “Alp Er Toʻnga”ga qarang)
Toʻngaxon – kishi ismi
Toʻnga tegin – kishi ismi
Toqish – kishi ismi
Toʻgʻril – kishi ismi
Turumtoy – kishi ismi
Tutush – kishi ismi
Tutuq – er kishi ismi
Turk – kishi ismi
Utar – kishi ismi
Utush – kishi ismi
Qaban – kishi ismi
Ervoʻz – er kishi ismi
Qaz – “Devon”da: “Afrosiyob qizining ismi” deb izohlangan. Maʼnosi – gʻoz.
Qay – er kishi ismi
Qalalduruq – er kishi ismi
Qangli – kishi ismi
Qatmish – er kishi ismi
Qilichxan – er kishi ismi. “Devon”da: “xoqonlarning laqabi”.
Qoʻtan – er kishi ismi
Qulbaq – kishi ismi
Quluch – er kishi ismi
Qumuq – “bekning ismi”
Qutlug‘ – er kishi ismi
Qutlug‘ tegin – “shahzoda ismi”
Chagʻribek – er kishi ismi
Chagʻri tegin – “shahzodaning ismi”
Chuchu – turk shoirlaridan birining ismi
Choʻgʻlan – kishi ismi
Shu – “Devon”da: “turklar shohining ismi”, deb izohlangan.
Tuzuvchi Abduvohid HAYIT.
Foto by: Abdumannon MUHAMMAD