– Ayollar ishli boʻlsa, oilaga qoʻshimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga koʻproq sharoit yaratiladi,

– dedi Prezidentimiz.

Shu bois, kelasi yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bogʻchaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplanadi.

Bogʻcha tarbiyachilariga ishlab turib oliy maʼlumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun oʻqimoqda.

Kelasi oʻquv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi oʻqish muddati toʻrt yildan uch yilga qisqaradi.

Bogʻchada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.