Bugun shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Oʻzbek va jahon sahnasida mutaxassislar tomonidan “Dilbar shaxs” unvoni berilgan shoir g‘azallari uning ichki olamiga koʻzgu tutadi. Lirik qahramonning vatan, sogʻinch, ayriliq, xiyonat, yor, muhabbat mavzularidagi iztiroblari bir muhtasham qalbning siyratidan darak beradi. Shoir gʻazallari asosida yaratilgan qoʻshiqlar oʻzbek milliy musiqasining durdonalari hisoblanadi.

Oyina.uz bugungi sana munosabati bilan Bobur gʻazallari asosida yaratilgan eng mashhur qoʻshiqlar “pleylisti”ni taqdim etadi:

Maʼrurjon Toʻxtasinov, “Yaxshilig‘”;

Fahriddin Umarov, “Sochining savdosi”;