Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Botir Bahromovich Qudratxoʻdjayev Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Gʻayratjanovich Xolmuhammedov esa boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

Maʼlumot uchun, bundan ilgariroq B.Qudratxoʻjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.